shkolakz.ru 1 2 ... 4 5

O‘zbekiston Respublikasi Xalq tа’limi vаzirligi


R
еspublikа tа’lim mаrkаzi


Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab, maktab-internat hamda ayrim fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflar uchun kimyo
fanidan uzviylashtirilgan

o‘quv reja va dastur


(VII-IX sinf)


Toshkent-2011


Mualliflar:


I. R. Asqarov – kimyo fanlari doktori, professor.

K.G‘.G‘opirov – oliy toifali kimyo fani o‘qituvchisi, O‘zbekistonda

xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi hodimi.

N. X. To‘xtaboyev – texnika fanlari nomzodi, dotsent.

G. X. Abdullayeva – ADU kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi.


Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablari uchun kimyo fanidan

o‘quv reja (7-9-sinflar)





O‘quv fanlari

7

8

9

Haf. soat

Yillik s

Davlat ixtiyoridagi soatlar








33

34

35

102

3468

1

Ona tili va adabiyot


4,5*

5

5

14,5

493

2

Rus tili

2

2

2

6

204

3

Xorijiy til

3

3

2,5*

8,5

289

4

Tarix

2,5*

3

3

8,5

289

5

Davlat va huquq asoslari

-

1

1

2

68

6

Iqtisodiy bilim asoslari

-

1

1

2

68

7

Matematika

4,5*

5

5

14,5

493


8

Informatika

0,5

1

2

3,5

119

9

Fizika

2

2

2

6

204

10

Tabiiyot va geografiya

2

2

2

6

204

11

Biologiya

2

2

2

6

204

12

Milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat asoslari

1

1

1

3

102

13

Musiqa madaniyati

1

-

-

1

34

14

Tasviriy san'at

1

-

-


1

34

15

Chizmachilik

-

1

1

2

68

16

Mehnat

1,5*

-*

-*

1,5*

51*

17

Jismoniy tarbiya

2

2

2

6

204

Maxsus fanlar

1.

Anorganik kimyo

3

3

3

9

306

2.

Kimyodan noan'anaviy masalalarni yechish

1

1

1

3

102

Maktab ixtiyoridagi soatlar

1.

Konstitutsiya olamiga sayohat


0,5







0,5

17

2.

Yo‘l harakati qoidalari

0,5

0,5




1

34

3.

Sog‘lom avlod asoslari

0,5

0,5

0,5

1,5

51

4.

Dunyo dinlari tarixi







1




34




Umumiy soatlar

35

36

37

108

3672




Amaliy mehnat mashg‘ulotlari (kun hisobida)


10


16


-









O‘quv rejaga tushuntirish xati

Ushbu o‘quv reja O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risidagi» qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini va Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13-maydagi «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta'limni tashkil etish to‘g‘risida»gi 203-sonli, 1999-yil 16-avgustdagi «Umumiy o‘rta ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 390-sonli, 2003-yil 29-oktyabrdagi »Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limiga izchil o‘tishni ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 473-sonli, 2004-yil 24-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test Markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 293-sonli, 2004-yil 9-iyuldagi «2004-2009-yillarda Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat Umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 321-sonli, 2008 yil 7-avgustdagi «Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 173-sonli qarorlari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Sanitariya qoidalari va me'yorlari” asosida tuzilgan.


Kimyo faniga ixtisoslashgan maktablarida kimyo fanining nazariy asoslarini chuqur o‘rganish va amalda qo‘llay olishlikni o‘rgatish maqsadida masalalar yechish va amaliy mashg‘ulotlar ko‘paytirildi.

Ixtisoslashgan maktablar va kimyo fani chuqur o‘qitiladigan sinflar uchun mazkur o‘quv rejada davlat va maktab ixtiyoridagi soatlardan:

7-sinflar uchun ona tili fanidan 0.5 soat, tarix fanidan 0.5 soat, matematika fanidan 0.5 soat, mehnat fanidan 0,5 soat;

8-sinflar uchun mehnat fanidan 1soat, maktab ixtiyoridan 1soat;

9-sinflar uchun xorijiy tildan 0.5 soat, mehnat fanidan 1soat, maktab ixtiyoridan 0.5 soat olinib, Kimyo faniga qo‘shib berilgan.

Mazkur sinflarda davlat va maktab ixtiyoridan olingan soatlar «Kimyo» faniga ixtisoslashtirilgan maktablar va chuqurlashtirib o‘qitiladigan maktablarda «Anorganik kimyo» va «Kimyodan noan'anaviy masalalarni yechish» maxsus fanlarini o‘qitishga qo‘shib berildi.

8-9-sinflardagi “Mehnat” dars soatlari chuqur o‘rganiladigan “Kimyo” fani amaliyotda qo‘llanilishi va shu soha bo‘yicha o‘quvchilarni kasb ixtisosligiga yo‘naltirish uchun beriladi.

Maktab ixtiyoridagi soatlar ixtisoslashririlgan ta'limni tashkil qilish hamda mazkur tushuntirish xatida belgilangan mashg‘ulotlarga ajratiladi:

Maktab ixtiyoridan haftasiga 1,5 soat olinib, “Kimyo” fani chuqur o‘qitiladigan sinflar uchun o‘quvchilarning qiziqishlariga ko‘ra ijodiy qobiliyatlarni o‘stiruvchi guruh mashg‘ulotlariga ixtisoslashtirilgan ta'limni tashkil qilishga qo‘shib berildi.

Kimyo fani ixtisosligiga yo‘naltirilgan sinflarda maxsus fanlarni o‘qitishda o‘quvchilar ikki guruhga ajratib o‘qitiladi. Maktab ixtiyoriga ajratilgan soatlardan ayrim fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida berilganda sinflarni guruhlarga bo‘lib o‘tilishi mahalliy moliya organlari bilan kelishilgan holda hal etiladi.

Ona tili, xorijiy til, tarix, matematika va mehnat fanlaridan olingan dars soatlarini to‘ldirish bo‘yicha mavzuiy rejalashtirish va tushuntirish xati hamda kimyo fanining o‘quv dasturi Respublika ta'lim markazi tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi.


Yozgi amaliy mehnat mashg‘ulotlari davrida 4 soatdan 7-sinf uchun 10 kunlik, 8-sinf uchun 16 kunlik kimyo fanidan o‘tilgan mavzular bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari va kimyo zavodlariga ekskursiyalar qilinadi.

7-sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan ekskursiyalarning taxminiy joylari; O‘lkashunoslik muzeylari, sanoat va qishloq xo‘laligi korxonalaridagi kimyo laboratoriyalari, dorixona, xo‘jalik mollari magazini, suv tozalash inshoatlari, foydali qazilmalar qazib olinadigan konlar va boshqa o‘qituvchi lozim topgan joylar.

8-sinf o‘quvchilari quyidagi joylarda: ko‘mir, oltingugurt va boshqa foydali tabiiy qazilmalar olinadigan joylar, sanoat miqyosida kislorod, oltingugurt, azot olinadigan korxonalar, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan zavodlar, mineral o‘g‘itlar omborlari, mahalliy o‘g‘it va ularning mineral o‘g‘itlar bilan aralashmasini tayyorlash joylari, viloyat, tuman qishloq xo‘jaligi kimyolashtirish omborlari, silikat sanoati korxonalariga, ohak pishirish sexlariga, xo‘jalik mollari do‘koniga, dorixonalar va metallurgiya zavodlaiga ekskursiyalar o‘tkazishlari mumkin.

O‘quv reja maktab pedagogika va ota-onalar kengashining qarori va joylardagi xalq ta'limi boshqarmalarining kelishuvi asosida tanlanadi.

Maktabning o‘quv reja bilan bog‘liq (maktab ihtiyoridagi soatlarni maktab o‘quv rejasiga kiritish va h.) faoliyati XTVning amaldagi me'yoriy hujjatlari bilan amalga oshiriladi.


Ayrim fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining Kimyo fanidan o‘quv dasturlarini optimallashtirish yuzasidan sharhlar:

Oliy va o‘rta maxsus ta'limi va Xalq ta'limi vazirliklarining 2010 yil 31 martdagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va Oliy ta'limning Davlat ta'lim standartlari, o‘quv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash to‘g‘risida”gi 134/62-sonli qo‘shma buyrug‘iga ko‘ra ishchi guruhlari tuzildi va 24 ta umumta'lim fanlari o‘quv dasturlari uzviyligi, uzluksizligi ta'minlandi va optimallashtirildi.


Optimallashtirilgan o‘quv dasturlar Oliy va O‘rta maxsus ta'limi va Xalq ta'limi vazirliklarining 2010 yil 1 iyuldagi “Umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o‘qitilayotgan umumta'lim fanlari hamda Oliy ta'limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash to‘g‘risida”gi (6/2-sonli) 4/1-sonli Qo‘shma Hay'at majlisi qaroriga asosan tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini takomillashtirish, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi qobiliyat va iste'dodni yanada kamol toptirish uchun fan yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini optimallashtirish maqsadida Respublika ta'lim markazining 2010 yil 22 sentyabrdagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining o‘quv dasturlarini optimallashtirish to‘g‘risida”gi 62-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim muassasalarida o‘qitiladigan Kimyo o‘quv fanining o‘quv dasturlari optimallashtirilishida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Oliy va O‘rta maxsus ta'limi va Xalq ta'limi vazirliklarining 2010 yil 1 iyuldagi 4/1-sonli Qo‘shma Hay'at majlisi qarori bilan tasdiqlangan umumta'lim maktablarining optimallashtirilgan o‘quv dasturlari va ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim muassasalarining o‘quv dasturlari orasidagi mavzular hamda dars soatlarining farqi qiyosiy tahlil qilindi.

Ishchi guruhlar xulosalari va tahlillari, ilmiy-metodik Kengash tavsiyalari asosida ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 7-9- sinflarida kimyo fanidan jami 26 soat hajmdagi 19 ta mavzulari optimallashtirildi,

Shundan, 7-sinfdagi 1 soatli 1 ta mavzu, 8-sinfdagi 2 soatli 2 ta mavzu, 9-sinfdagi 23 soat xajmdagi 16 ta mavzu murakkab deb topilib, maktab o‘quvchining psixofiziologik xususiyatlariga mos emasligi bois, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilari yoshiga xosligi sababli ixtisoslashtirilgan o‘quv dasturidan chiqarildi.



Kimyo fani o‘quv dasturi, sinflar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi bosqichlari kesimida tahlil qilish natijasida ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

Jumladan, o‘quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlariga mos kelmaydigan, fanlararo bog‘lanishni ta'minlamaydigan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limida takrorlanadigan yoki avvalgi 10,11–sinfda o‘rganib kelingan mavzular 7–9-sinflar o‘quv dasturiga kiritilganligi ma'lum bo‘ldi. Masalan:

7-sinfda “Kimyoviy reaksiyalarning borishiga tashqi omillarning ta’siri »

8-sinf “Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarining turlari», «Kvant sonlar»

9-sinfda 10-sinf va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi 1-kurslarida o‘rganib kelingan organik moddalarning kimyoviy xossalari ularga tegishli murakkab reaksiya tenglamalari jumladan, Sikloalkanlar”, “To‘yinmagan uglevodorodlar kimyoviy xossalari (nitrolash, sulfolash, galogenlash, gidrogenlash, degidrotatsiya)”, “Aromatik uglevlodorodlarning kimyoviy xossalari (nitrolash, sulfolash, galogenlash)”, “Aldegid va ketonlar. (aldegidlarning polimerlanish, polikondensatlanish reaksiyalari), “Uglevodlarning kimyoviy xossalari” (glyukon kislota hosil qilish reaksiya tenglamalari), “Oqsillarning kimyoviy xossalari”, “Yuqori molekulyar birikmalarning olinish reaksiya tenglamalari», «Azotli organik birikmalarning izomeriyasi, kimyoviy xossalari reaksiya tenglamalari”, “Murakkab efirlarning gidrolizlanishi”.

Tahlil natijalari ishchi guruhlar, mualliflar va tegishli mutaxassislar tomonidan muhokama (konsilium) qilinib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlandi.



следующая страница >>