shkolakz.ru   1 2 3 4 5

Mazkur kamchiliklar quyidagicha bartaraf etildi:

1.Ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 7-sinfida 1 soatga ajratilgan «Kimyoviy reaksiyalarning borishiga tashqi omillarning ta’siri» mavzusi umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi 1-kursi o‘quv dasturida takrorlanganligi uchun 7-sinf dasturidan chiqarildi.

O‘quv dasturidagi «
Kimyoviy reaksiyalarning borishiga tashqi omillarning ta’siri » mavzusi o‘rniga Eritmalar mavzusi yuzasidan masalalar yechish kiritildi.


2. Ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 8-sinfida 2 soatga ajratilgan quyidagi mavzular akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 1-kursida takrorlanayotgani sababli o‘quv dasturidan chiqarildi:


  • Kvant sonlar

  • Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining turlari

O‘quv dasturidan chiqarilgan mavzular o‘rniga «Eritmalarning zichligi va konsentratsiyasi», «Elektrolitik dissotsiyalanish» mavzulari yuzasidan masalalar yechish kiritildi.


3. 9-sinf ixtisoslashtirilgan o‘quv dasturidagi quyidagi mavzular ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘quvchilari yoshiga xos bo‘lmaganligi hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 1-kursida kengaytirilgan holda takroran o‘rganilayotganligi sababli umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 9-
sinf oquv dasturidan chiqarildi:

  • Sikloalkanlar

  • to‘yinmagan uglevodorodlar nitrolash, sulfolash, galogenlash

  • to‘yinmagan uglevodorodlar gidrogenlash, degidrotatsiya yonishi, vodorod, galogenlar, vodorod galogenidlar, suvni biriktirib olishi, oksidlanishi, ozonlanishi, polimerlanishi.
  • aromatik uglevlodorodlarning nitrolash, sulfolash, galogenlash.


  • Benzolni trien ekanligini azonlash reaksiyasi natijasinga ko‘ra isbotlash.

  • Stirolni polimerlashda erkin radikallar mexanizmi

  • aldegidlarning polimerlanishi,oksidlanishi.

  • Aldegid va ketonlarning xossalarini solishtirish formaldegidni polikondensatlanishi.

  • Fenol molekulasidagi atomlarni o‘zaro ta'siri. Gidroksid gruppani arientirlovchi xossasi. Fenollarni olinishi. Kumol usulida fenol olish.

  • uglevodlarning kimyoviy xossalari Glyukozani mis (II)-gidroksid bilan o‘zaro ta'siri

  • oqsillarning kimyoviy xossalari

  • Oksikislotalar. Optik izomeriya haqida tushuncha.

  • murakkab efirlarning gidrolizlanishi Yog‘larning texnikada gidrolizlanishi. Yog‘larni gidrogenlash.

  • geterotsiklik birikmalar

  • nuklein kislotalar

  • yuqori molekulali birikmalar sinflanishi mexanizmi


9-sinfda Organik kimyo bo‘limi mavzulari bo‘yicha o‘quvchilarning yosh xususiyatlari inobatga olinib, ular bilishi lozim bo‘lgan quyidagi mavzu va tushunchalar kiritildi:

- IA gurux shshqoriy metallari ( Li, Na, K, Rb, Cs, Fr)

- IB gurux elementlari (Cu, Ag, Au) va ularning birikmalari

- IIA gurux ishqoriy yer metallari ( Be, Mg, Ca, Sr, Ba, Ra)

- IIB gurux metallari ( Zn, Cd) va ularning birikmalari

- IV gurux metallari (Sn, Pb) va ularning birikmalari

  • Oraliq metallar (Cr, Mn) va ularning muhim birikmalari haqida

- Nodir gazlar va ularning birikmalari

- Metalla rva metallmaslarga xos umumiylik va tafovutlar

  • Lantanoid va aktinoidlar

  • Mavzularga oid masala, mashq va test savollari.

- Mis, rux, temirni xlor va kislorodga ta'siri. (ko‘rsatiladigan tajriba)

  • Mis, rux, temirni suyultirilgan va konsentrlangan kislotalar bilan ta'siri.


(ko‘rsatiladigan tajriba)

  • Mis, rux, temir (II) va (III) – gidroksidlarini olinishi.

  • Mis, rux, titan, xrom, temir va temirning qotishmalari cho‘yan va po‘lat namunalari bilan tanishish. (laboratoriya ishi)

- Yonaki gruppacha metallari mavzusiga doir tajribaviy masalalar yechish

(amaliy mashg‘ulot)

- Metallar bo‘limiga doir umumlashtiruvchi tajribaviy masalalar yechish. (amaliy mashg‘ulot)

Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim muassasalarining optimallashtirilgan o‘quv dasturlari Xalq ta'limi vazirligi hamda Davlat Test markazining 2011 yil 4-iyuldagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining optimallashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 146 (27)-sonli qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlandi (shunga ko‘ra Xalq ta'limi vazirligi hamda Davlat Test markazining 2008 yil 7 noyabrdagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining namunaviy o‘quv rejalari, dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 296-, 01-387 KB –sonli qo‘shma buyrug‘i bekor qilindi).

Mazkur optimallashtirilgan o‘quv dastur 2011-2012 – o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etildi.


Ishchi guruhi a’zolari:


G‘opirov Komoliddin




Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi 53-sonli ixtisoslashgan maktab dirеktori, oliy toifali kimyo fani o‘qituvchisi

Shoisaеva Go‘zal



RTM Tabiiy fanlar bo‘limi kimyo fani sеktor boshlig‘i


Asqarova Dilbar





Toshkеnt shahriYakkasaroy tumanidagi 26-sonli maktabining kimyo fani oq‘ituvchisi

Hakimjonova Ibodat




Toshkеnt shahri M. Ulug‘bеk tumanidagi 112-sonli maktabining kimyo fani o‘qituvchisi



O‘quv dasturiga uqtirish xati


Umumiy o‘rta ta`lim maktablarining ixtisoslashgan va kimyo fani chuqur o‘qitiladigan sinf o‘quvchilari kimyo bilan o‘quv fani sifatida 7-sinfda tanishadilar.

Ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quv rejasiga asosan 7–9-sinflarda kimyo fanining o‘qitilishi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilgan:

VII-sinfda “Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari”, “Kislorod. Oksidlar. Yonish”, “Vodorod. Kislotalar. Tuzlar”, “Suv. Eritmalar. Asoslar”, “Noorganik birikmalarining eng muhim sinflari “Kinmyoda masalalar yechish”, “Moddalarni toifalash”, “Oksidlar”, “Asoslar”, “Kislotalar”, “Tuzlar”, “Noorganik birikmalarning asosiy sinflari orasidagi genetik bog‘lanish”.

VIII-sinf: “Kimyoviy elementlar davriy sistemasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi”, “Galogenlar”, “Kimyoviy bog‘lanishlar”, “Elektrolitik dissosatsiya”, “Kislorod gruppachasi”, “Kimyoviy reaksiyalar”, “Sulfat kislota ishlab chiqarish”, “Azot gruppachasi. Mineral o‘g‘itlar” “Kimyodan masalalar yechish”.

IX-sinf: “Anorganik kimyoning asosiy tushunchalarini takrorlash”, “Uglerod gruppaschasi”, “Metallarning umumiy xossalari”, “Metallurgiya”, “Organik kimyo. Organik moddalarning tuzilish nazariyasi”, “To‘yingan uglevodorodlar”, “Sikloalkanlar”, “To‘yinmagan uglevodorodlar kimyoviy xossalari (nitrolash, sulfolash, galogenlash, gidrogenlash, degidrotatsiya)”, “Aromatik uglevlodorodlarning kimyoviy xossalari (nitrolash, sulfolash, galogenlash)”, “Aldegid va ketonlar. (aldegidlarning polimerlanish, polikondensatlanish reaksiyalari), “Uglevodlarning kimyoviy xossalari” (glyukon kislota hosil qilish reaksiya tenglamalari), “Oqsillarning kimyoviy xossalari”, “Yuqori molekulyar birikmalarning olinish reaksiya tenglamalari», «Azotli organik birikmalarning izomeriyasi, kimyoviy xossalari reaksiya tenglamalari”, “Murakkab efirlarning gidrolizlanishi”, “Elementorganik moddalar” hamda “Masalalar yechish” uchun qo‘shimcha vaqtlar ajratilgan.



O‘QUV DASTURI


7-SINF KIMYO FANIDAN

( Haftasiga 3 soatdan jami 102 soat)


I. DASTLABKI KIMYOVIY TUSHUNCHA (30 soat)

Kimyo fanining vazifalari. Kimyo fanining qadimgi taraqqiyoti, Misr, Sharq mamlakatlari, Gretsiya va alkimyogarlar.

O‘zbek kimyogarlari Abu Ali Ibn Sino, Beruniy va hozirgi O‘zbekistondagi kimyogar olimlar. Modda Toza modda, aralashmalar. Fizik va kimyoviy hodisalar. Moddalarni tozalash. Xromotografiya haqida tushuncha.

Atomlar. Kimyoviy elementlar. Kimyoviy elementlarning belgilari. Nisbiy va absolyut atom massa. Kimyoviy modda-atom va molekulalar uyushmasi. Molekulyar va nomolekulyar tuzilishdagi moddalar. Oddiy va murakkab moddalar. Modda tarkibini doimiylik qonuni.

Nisbiy va absolyut molekulyar massa.

Kimyoviy formulalar va undan kelib chiqadigan xulosalar.

Element atomlarining valentligi Ikki kimyoviy elementdan tashkil topgan birikmalardagi elementlarning valentligini aniqlash.

Valentlik asosida formula tuzish. Indekslar haqida tushuncha.

Asosiy o‘lchov birliklar (massa, hajm, zichlik, birliklar sistemasi.)

Modda miqdori MOL- moddaning o‘lchov birligi. Avogadro soni Molyar massa.

Moddalarning uch agregat holati. Molyar hajm. Avogadro qonuni.

Atom-molekulyar ta'limotning rivojlanishi. Atom molekulyar ta'limot. Moddalar massasini saqlanish qonuni.

M.V.Lomonosov hayoti va ijodiy faoliyati.

Kimyoviy reaksiyalar. Kimyoviy reaksiyalarni borish shartlari.

Kimyoviy reaksiya tenglamalari.

Koeffitsentlar. Kimyoviy reaksiyalarning turlari. Ajralish, birikish, o‘rin olish, almashinish.

Ekvivalenlik qonuni.

Hisoblashga doir masalalar

1.Moddalarning nisbiy molekulyar massalarini hisoblash.

2. Modda tarkibidagi elementlarni % nisbatlarini aniqlash.


3. Modda massasi va % tarkibiga ko‘ra formulasini aniqlash.

4.Kimyoviy tenglamalar asosida hisoblash. Reaksiyaga kirishayotgan yoki hosil bo‘layotgan moddalarning massasini aniqlash.

5. Molyar hajm asosida hisoblash.

KO‘RSATILADIGAN TAJRIBALAR


  1. Kimyoviy hodisalarga misollar. Rang o‘zgarishi, cho‘kma, gaz hosil bo‘lishi, alanga,

  2. hid, issiqlik chiqishi.

  3. Oltingugurtni temir, ruh bilan birikishi.

  4. Modda massasini saqlanishiga doir misollar.

  5. Atom molekulalar modeli.

6. 1 mol miqdordagi turli moddalar hajmi va massalarini solishtirish.


LABORATORIYA TAJRIBALARI

1. Fizik xossalari turlicha bo‘lgan moddalar bilan tanishish.

Shakli, yaltiroqligi, issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi, bolg‘alanuvchanligi, qattiqligini solishtirish. Ayrim moddalarni zichligini aniqlash.

  1. Fizik hodisalarga misollar, parafinni suyuqlantirish, suvni bug‘lanishi va kondensatsiyasi.

  2. Bo‘yalgan suyuqliklarni yupqa qavatli xromotografiya usuli bo‘yicha ajratish.

  3. Kimyoviy reaksiyalarga misollar. Misni gaz gorelkasida qizdirish, xlorid kislotani marmarga ta'siri.

  4. Oddiy va murakkab moddalar bilan tanishish.

  5. Mis gidrokarbonatni parchalash.

  6. Mis (II)-xlorid eritmasida misni o‘rnini temir olishi.

AMALIY IShLAR

  1. Kimyo xonasida ishlashda xavfsizlik qoidalariga amal qilish. Laboratoriya shtativi va qizdirish asboblari bilan tanishish. Eng zarur laboratoriya jihozlari va alanga tuzilishi bilan tanishish.

  2. Kimyo laboratoriyalarida bajariladigan asosiy ishlar. Maydalash, eritish, qizdirish, bug‘latish, distirlash.
  3. Kimyoni o‘rganish jarayonida o‘lchash: massani o‘lchash, areometr yordamida suyuqliklar zichligini o‘lchash. Menzurka va o‘lchov silindri, qattiq jismlar hajmini aniqlash, temperaturani o‘lchash


4. Ifloslangan osh tuzini tozalash

2. KISLOROD. OKSIDLAR. YONISH (18 soat)

Kislorod–kimyoviy element: kimyoviy belgisi, nisbiy atom massasi, valentligi, tabiatda uchrashi.

Kislorod—oddiy modda, fizikaviy va kimyoviy xossalari, Fosfor, ko‘mir, oltingugurt, mis, temir bilan o‘zaro ta'siri. Oksidlanish. Murakkab moddalarning kislorodda yonishi.

Oksidlar. Oksidlar klassifikatsiyasi. Kislorodni ishlatilishi.

Kislorodni tabiatda aylanishi. Kislorodni laboratoriyada va sanoatda olinishi.

Katalizator haqida tushuncha.

Havo tarkibi. Toza kislorodda va havoda moddalarining yonish tezligini taqqoslash.

Yonishning boshlanishi va to‘xtatish shartlari.

Yonginni oldini olish choralari. Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti. Termokimyoviy tenglamalar va ular bo‘yicha hisoblash. Energiyani saqlanish va bir turdan ikkinchi turga o‘tishi. Yonilg‘i va ularning turlari. Atrof muxitni muhofaza qilish.

O‘rganilgan mavzularga oid masala, mashq va test savollari echish.

Hisoblashga doir masalalar

1. Yonish mahsulotlari natijasiga ko‘ra modda formulasini topish.

2. Termokimyoviy tenglamalar bo‘yicha hisoblash.


KO‘RSATILADIGAN TAJRIBALAR

1. Oksidlarning namunalari bilan tanishish.

2. Magniyni yonish va misning oksidlanishini taqqoslash.

AMALIY MAShG‘ULOTLAR.

1. Kislorodli birikmalardan kislorod olish va uni xossalarini o‘rganish

3. VODOROD. KISLOTALAR. TUZLAR (18 soat)

Vodorod-kimyoviy element: kimyoviy belgisi, nisbiy atom massasi, valentligi, tabiatda uchrashi.

Vodorod oddiy modda: Laboratoriya va sanoatda olinishi, fizikaviy xossalari. Kimyoviy xossalari. Kislorod, metalmaslar, metallar, metallarning oksidlari bilan o‘zaro ta'siri. Vodorodning ishlatilishi. Vodorod-Ekologik sof yoqilg‘i. Vodorod kimyoviy xom ashyo. Vodorod bilan ishlashda ehtiyot choralari ko‘rish.


Kislotalar. Kislotalarning tarkibi. Kislota qoldiqlarining valentligi. Kislotalarning umumiy xossalari. Indikatorlarga, metallarga, metal oksidlariga ta'siri. Metallarning aktivlik qatori haqida tushuncha. Almashinish reaksiyalari.

Tuzlar. Tarkibi. Nomlanishi. O‘rta va nordon tuzlar. Tuzlarning formulasini tuzish.

Kristalgidradlar.

HISOBLASHGA DOIR MASALALAR

1. Kimyoviy tenglamalar asosida hisoblashlar.

2. Kristalgidradlar formulalarini topish.

3. Avogadro qonuni asosida hisoblash.

KO‘RSATILADIGAN TAJRIBALAR

1. Vodorodni fizik xossalari bilan tanishish.

2. Vodorodni kislorodda va havoda yonish.

3. Kislotalar, tuzlar namunasi bilan tanishish.

LABORATORIYa TAJRIBALARI

1. Kislota eritmasidan vodorod olish.

2. Kislotalarning eritmalarini indikatorlarga ta'siri.

3. Kislotalarning metallarga ta'siri

4. Kislotalarni metal oksidlariga ta'siri.

AMALIY IShLAR

1.Vodorod yordamida misni mis (II) –oksiddan qaytarib olish.

2 Miqdoriy hisoblashga doir

4. SUV. ERITMALAR. ASOSLAR. (16 soat)

Suv - erituvchi. Eritma haqidagi tushuncha. Moddalarning eruvchanligini sharoitga bog‘liqligi.

To‘yinmagan, to‘yingan, o‘ta to‘yingan eritmalar. Eruvchanlik koeffitsienti. Eruvchanlik egri chizig‘i. Gazlarning suvda eruvchanligi.

Erishda sodir bo‘ladigan hodisalar. Maydalanish, diffuziya, gidratlanish, issiqlik hodisalari.

Eritmalarning konsentratsiyalari.

Molyar konsentratsiya haqida tushuncha. Eruvchining eritmadagi massa ulushi. Eritmaning % konsentratsiyasi. Suvning va eritmalarning sanoatdagi, qishloq ho‘jaligi va turmushdagi ahamiyati.

Suv havzalarini ifloslanishdan saqlash. Suv tozalash shahobchalarida suv tozalash.

Suvning tarkibi. Suvning fizikaviy va kimyoviy xossalari.

Suvning metallarga, oksidlarga ta'siri.

Asoslar. Tarkibi. Gidroksogruppa. Ishqorlar va suvda erimaydigan asoslar. Ishqor eritmalarini indikatorlarga ta'siri. Kimyoviy xossalari, kislotalar, metalmas oksidlari bilan o‘zaro ta'siri. Suvda erimaydigan asoslarni qizdirilganda parchalanishi.


<< предыдущая страница   следующая страница >>