shkolakz.ru 1 2 3 4 5

HISOBLASHGA DOIR MASALALAR

1. Moddalarning eruvchanligiga doir masalalar yechish.

2. Eruvchini massa ulushi va % konsentratsiyasi.

3. Turli konsentratsiyali eritmalar tayyorlash.

4. Molyar konsentratsiyaga doir hisoblashlar.


KO‘RSATILADIGAN TAJRIBALAR

Distillangan suv olish. Suvni sintez qilish. Suvni turli oksidlarga ta'siri va olingan mahsulotlarni sinab ko‘rish. Neytrallanish reaksiyalari. Uglerod (IV)-oksidni kaliy gidroksid va qattiq natriy gidroksid bilan o‘zaro ta'sirlashuvi. Ma'lum molyar konsentratsiyali eritma tayyorlash.

LABORATORIYa TAJRIBALARI

Eritmalar hosil bo‘lishidagi issiqlik hodisalari. Ishqorlarni, nitratlarni, osh tuzining suvda erishi.

Mis (II)-sulfatni gidratlash va mis kuporasini suvsizlantirish.

Elektr toki yordamida suvni parchalash.

Natriy gidroksid, kalsiy gidroksid, mis (II)-temir (III)-gidroksidlarning xossalari bilan tanishish.

Netrallanish reaksiyalari. Erimaydigan asoslarni kislotalarga ta'siri.

Mis (II)-gidroksidni qizdirilganda parchalanishi.

AMALIY IShLAR


  1. Turli konsentratsiyali eritmalar tayyorlash.

  2. Erimaydigan asoslar olish hamda ularni ishlatish uchun tayyorlash.


5. ANORGANIK MODDALARNING ASOSIY SINFLARI (18 soat)

Anorganik birikmalarni asosiy sinflari /klassifikatsiyasi/.

Oksidlar: klassifikatsiyasi, nomlanishi, xossalari.

Asoslar: nomlanishi, klassifikatsiyasi, xossalari.

Kislotalar, nomlanishi, klassifikatsiyasi, xossalari.

Tuzlar, nomlanishi, klassifikatsiyasi, xossalari.

Nordon, normal, asosli, qo‘sh tuzlar haqida tushuncha.

Oksid, asos, kislota va tuzlar orasida genetik bog‘lanish

HISOBLAShGA DOIR MASALALAR EChISh.


Bosqichli reaksiyalar natijasiga ko‘ra hisoblashlar.

AMALIY IShLAR.

1. “Anorganik birikmalarning asosiy sinflari” mavzulari yuzasidan tajribaviy masalalar yechish.


6. 7-SINFDA O‘RGANILGAN MAVZULARNI takrorlash VA

Umumlashtirish (2-soat)

Yakuniy nazorat

KIMYODAN MASALALAR
YECHISH 7-SINF.

(Haftasiga 1 soatdan, jami 34 soat)



M A V Z U L A R

Soati

1

Massa. Massa birliklari. Jismning massasini o‘lchash. Tarozida o‘lchashlar

1

2

Xajm. Gaz, suyuq va qattiq jismlar xajmini o‘lchash. Xajm birliklari

1

3

Zichlik. Gaz, suyuq va qattiq jismlarning zichliklarini o‘lchash. Areometrlar

1

4

Materiya, jism, modda, molekula, atom, kimyoviy element

1

5

Atom haqida tushuncha. Atomlarning haqiqiy va nisbiy massalari

2

6

Molekula. Molekulaning haqiqiy va nisbiy massalari

1

7

Molyar massa. Mol-modda miqdori

1


8

Nazorat ishi

1

9

Modda tarkibidagi elementlarni massa ulushlari

1

10

Valentlik. Valentlik asosida modda formulasini tuzish

1

11

Modda formulasini topishga doir masalalar

1

12

Kimyoviy formulalar. Kimyoviy formulalar asosida hisoblash

1

13

Ekvivalent. Kimyoviy elementlar va murakkab moddalarning ekvivalentini topish

1

14

Valentlik, atom massa va ekvivalentlar orasidagi bog‘liqlik

1

15

Avogadro soni. Molyar hajm

1

16

Molyar massa, molyar, hajm va Avogadro soni o‘rtalaridagi bog‘liqlik

1

17

Nazorat ishi

1

18

Kimyoviy reaksiya tenglamalari asosida hisoblashlar

1

19

Aralash tipdagi masalalar echish


1

20

Murakkab masalalar echish

1

21

Nazorat ishi

1

22

Kimyoviy reaksiyalarning turlariga oid masalalar yechish

1

23

”Kislorod” bobi mavzulariga oid nazariy masalalar echish

1

24

”Kislorod” bobi mavzulariga oid hisoblashlar bilan hal qilinadigan masalalar echish

1

25

”Kislorod” bobi mavzulariga oid test savollari

1

26

”Vodorod” bobi mavzulariga oid nazariy masalalar yechish

1

27

”Vodorod” bobi mavzulariga oid hisoblashlar bilan hal qilinadigan masalalar

1

28

”Vodorod” bobi mavzulariga oid test savollari

1

29

”Suv.Eritmalar” bobi mavzulariga oid nazariy masalalar

1

30

Eruvchanlik.Eruvchanlikka oid masalalar

1

31


Eritmalarda eruvchini massa ulushi va foiz konsentratsiyasi

1

32

Eritmalarni aralashtirish, turli konsentratsiyali eritmalar tayyorlash

1

33

Nazorat ishi

1



8 – SINF. KIMYO

(Haftasiga 3 soat, jami 102 soat)


1. 7- SINF KIMYo KURSINING ASOSIY MATeRIALLARINI TAKRORLASh (5 soat)

Atom molekulyar ta'limot. Kislorod va vodorodning xossalari.

Eritma haqidagi tushuncha. Kimyoviy reaksiya turlari.

Anorganik moddalarning asosiy sinflari

AMALIY MAShG‘ULOTLAR.

1. Xlorid kislota, ruh gidroksid va natriy gidroksidlarning xossalarini solishtirish.

2. «Anorganik birikmalarni asosiy sinflari» mavzusi yuzasidan tajribaviy masalalar yechish.

Seminar dars.

1. Kimyo fanining rivojlanish tarixidagi eng muhim kashfiyotlar.


2. D.I.MENDELEEVNING DAVRIY QONUNI VA KIMYOVIY

ELEMENTLAR DAVRIY SISTEMASI.

ATOM TUZILIShI. (15 soat)

Kimyoviy elementlar klassifikatsiyasi. Kimyoviy elementlarni sinflarga ajratish uchun olimlar (A.Lavuaze, I.Dobereyner, D.Nyulends, L.Meer)ning ishlari. Kimyoviy elementlarni metall va metalmaslarga bo‘linishi. Amfoter xossa namoyon etuvchi kimyoviy elementlar. O‘hshash kimyoviy elementlar gruppalari haqida tushuncha. D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy qonuni, elementlarning tartib nomeri uning atomining yadro zaryadidir. Kimyoviy elementlarning xossalarini atom yadro zaryadiga davriy bog‘liqligi. Atom yadrosini tarkibi: protonlar, neytronlar. Izotoplar. Izobarlar. Izotonlar.


Kimyoviy elementlar davriy sistemasi. Davrlar. Gruppalar. (Asosiy va qo‘shimcha). I-III davr elementlari atomlarida elektronlarni taqsimlanishi. Elektron bulut haqida tushuncha. s,d,f-elektronlar. Kichik va katta davrlar. Katta davr elementlari atomlarida elektronlarning joylashuvi. Asosiy gruppacha elementlarini davriy sistemadagi o‘rniga ko‘ra xarakterlash.

Davriy qonunning ahamiyati: fan va texnikani rivojlanishida, kimyoviy elementlarni birligi va aloqadorligini tushunishda, dunyoni ilmiy qiyofasini tushunishda. Yadro reaksiyalari. Sun'iy reaktivlar.

D.I.Mendeleevning xayoti va ijodiy faoliyati haqida qisqacha ma'lumot.

yer sharida kimyoviy elementlarni tarqalishi, bir turdan ikkinchi turga o‘tib turishi, yig‘ilishi. Foydali qazilma konlarini hosil bo‘lishi.

HISOBLASHGA DOIR MASALALAR.

1. Yadro reaksiyalariga doir masalalar.

2. Izotoplar: o‘rtacha arifmetik qiymatlar topishga doir masalalar yechish.

3. Davriy qonun va davriy sistemaga doir nazariy masalalar yechish.

KO‘RSATILADIGAN TAJRIBALAR.


  1. Ishqoriy metallarni suv bilan o‘zaro ta'siri.

  2. Ishqoriy metallar va galogenlar namunalari bilan tanishish.

3. Metallar va metalmaslar namunalari bilan tanishish, ularning yonishi, yonish mahsulotlarini suvga ta'siri hamda xossalarini o‘rganish.

4. Ruh gidroksidni amfoterlik xossalarini sinab ko‘rish.

3. KIMYOVIY BOG‘LANISH. MODDA TUZILISHI. (9 soat)

Kimyoviy bog‘lanishning hosil bo‘lishi haqida hozirgi zamon tasavvurlari. Elementlarning nisbiy elektromanfiyligi. Elementlarning nisbiy elektromanfiyligi va hossalari orasidagi bog‘lanish.

Kovalent bog‘lanish, uning hosil bo‘lish mexanizmi. Kovalent bog‘larning asosiy xarakteristikasi, uzunligi, yo‘nalganligi, qutblanganligi. Qutbli va qutbsiz bog‘lanish. Dipol haqida tushuncha.

Ionli bog‘lanish. Moddaning elektron formulasi. Tuzilish formulasi. Vodorod bog‘lanish. Metal bog‘lanish. Ionli, atomli va molekulyar kristall panjara. Moddalarning elektron tuzilish formulalari. Elementlarning oksidlanish darajalari. Valentlik va oksidlanish darajasi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Oksidlovchi va qaytaruvchilar. Oksidlanish-qaytarilish reaksiya tenglamalarini tenglash.


Kompleks birikmalari. Kompleks birikmalar hosil bo‘lishi. Tuzilishi, koordinatsion son.

KO‘RSATILADIGAN TAJRIBALAR

Turli moddalarning kristall panjaralari modellari bilan tanishish.

LABORATORIYA ISHLARI

Molekula va kristallarning modellarini yasash.

4. GALOGENLAR (14 soat)

Davriy sistemadagi o‘rni. Atom tuzilishi. Oddiy modda holidagi galogenlar.

Xlor. Tabiatda uchrashi. Xlorning fizik xossalari. Kimyoviy xossalari: metallar, vodorod, suv, ishqorlar bilan ta'siri.

Xlorning olinishi: laboratoriyada, sanoatda. Xlorni xalq ho‘jaligidagi ahamiyati.

Vodorod xlorid. Molekulasini tuzilishi. Olinishi. Xossalari. Zanjirli reaksiya mehanizmini bilish. Kimyoviy reaksiyalarda gazlarning hajmiy nisbatlari.

Gazlarning zichligi, nisbiy zichligi. Gazlarning zichligi va nisbiy zichligi yordamida formulasini topish.

Xlorid kislota. Xossalari. Xlorid kislota va xloridlarga sifat reaksiyasi. Xlorid kislota va xloridlarning ishlatilishi.

Xlorning kislorodli birikmalari.

Ftor–tabiatda uchrashi, fizik, kimyoviy xossalari. Eng muhim birikmalari. Olinishi.

Brom-tabiatda uchrashi, fizik, kimyoviy xossalari. Eng muhim birikmalari. olinishi.

Yod—tabiatda uchrashi, fizik, kimyoviy xossalari. Eng muhim birikmalari. olinishi.

Galogenlarni qiyosiy tasniflash. Oksidlovchilik xossalarini o‘zgarishi.

Galogenlar va ularning eng muhim birikmalari. Galogenlarning sifat reaksiyalari.

HISOBLASHGA DOIR MASALALAR

1. Gazlar hajmini hisoblashga doir masalalar. Modda formulalarini topishga doir masalalar echish.

2. Gazlarning zichligi, nisbiy zichligiga doir masalalar echish.

3. Oksidlanish—qaytarishga reaksiyasi tenglamalarini tuzish va elektron balans usulida tenglamalarni tenglash.

KO‘RSATILADIGAN TAJRIBALAR.


1. Xlorli suv olish.

2. Bo‘yalgan moddalarning hlor bilan rangsizlantirish.

3. Almashinish reaksiyasi yordamida vodorod xlorid olish.

4. Galogenlarning metalmaslarga ta'siri.

5. Yodni haydash.

6. Brom va yodni suv va spirtda yonishi.

LABORATORIYa TAJRIBALARI

1. Xlorid kislota, xloridlar, bromidlar, yodidlar va yodni olish.

2. Bromli suvini metallar bilan o‘zaro ta'siri.

3. Galogenlarning birikmalari eritmalaridan bir-birini siqib chiqarishi.

AMALIY IShLAR

1. Xlorid kislota olish va u bilan tajriba o‘tkazish.

2. Hisoblashga doir tajribaviy masalalar yechish.


5. ELEKTROLITIK DISSOTSIALANISH. (14 soat)

Elektrolitlar va elektrolitmaslar. Elektrolitik dissotsalanish. Kimyoviy bog‘lanishi turlicha bo‘lgan moddalarning dissotsiyalanish mehanizimi. Kislotalar, ishqorlar va tuzlarning elektrolitik dissotsiyalanishi. Kislotalar misolida bosqichli dissotsiyalanish. Qaytar va qaytmas reaksiyalar. Elektrolitik dissotsiyalanish darajasi. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar. Suvni dissotsiyalanishi. Elektrolitlar eritmalarining muhiti. Ion almashinish reaksiyalari. Elektrolit eritmalari orasidagi reaksiyalarning ohirigacha borish shartlari. Ionli reaksiya tenglamalari. (To‘liq va qisqa). Kislota, asos, amfoter gidroksidlar va tuzlarni kimyoviy xossalarini, elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi va oksidlanish–qaytarilish jarayonlari haqidagi ta'limot asosida o‘rganish.

Eritma muhitini ko‘rsatuvchi vodorod ko‘rsatkich rN haqida tushuncha. Tuzlar gidrolizi. Tuzlar gidrolizini turli omillarga bog‘liqligi. Gidrolizning ahamiyati. O‘rganilgan mavzularga doir masala, mashq va test savollari

HISOBLASHGA DOIR MASALALAR.

1. Kimyoviy tenglamalar asosida hisoblashlarni rivojlantirish.

2. Ion almashinish reaksiyalari eritmalarining muhiti va tuzlar gidroliziga oid nazariy masalalar.


KO‘RSATILADIGAN TAJRIBALAR.

1. Moddalar va ayni modda eritmalarini elektr o‘tkazuvchanligini sinab ko‘rish.

2. Elektr maydondagi ionlar harakati.

3. Elektrolitlar eritmalari orasidagi almashinish reaksiyalari.

AMALIY MAShG‘ULOTLAR.

1. Elektrolitik dissotsiyalanish mavzusi bo‘yicha tajribaviy masalalar yechish.

2. Tuzlar eritmalarining rN ini aniqlashga doir tajribaviy masalalar yechish.

6. KISLOROD GRUPPASI (10 soat)

Kislorod gruppachasi elementlarini davriy sistemadagi o‘rni va atom tuzilishi. Allotropiya: Kislorod va oltingugurt misolida.

Oltingugurtni tabiatda tarqalishi, fizikaviy, kimyoviy xossalari: kislorodga, vodorodga va metallarga ta'siri, kislorodning kimyoviy xossalari bilan taqqoslash.

Oltingugurtni eng muhum birikmalari. Vodorod sulfid, molekulasini tuzilishi. Tabiatda uchrashi, olinishi. Fizik va kimyoviy xossalari. Sulfidlar. Sulfidlar uchun sifat reaksiyalari.

Oltingugurtni kislorodli birikmalalari. Oltingugurt (IV)-oksidi, Oltingugurt (VI)- oksidi.

Sulfat kislota. Molekulasini tuzilishi, olinishi. Sulfat kislotani fizik, kimyoviy xossalari. Suyultirilgan va konsentrlangan sulfat kislota.

Sulfitlar, sulfatlar uchun o‘ziga xos reaksiyalar.

Sulfat kislota va sulfatlarning xalq xo‘jaligida ishlatilishi.



<< предыдущая страница   следующая страница >>