shkolakz.ru   1 ... 2 3 4 5

KO‘RSATILADIGAN TAJRIBALAR.

1. Ozon olish va uni xossalari bilan tanishish.

2. Oltingugurtni metallar, vodorod, kislorod bilan o‘zaro ta'siri.

3. Almashinish reaksiyasi yordamida oltingugurt (IV)–oksid olish va xossalari bilan tanishish.

4. Konsentrlangan sulfat kislotani oltingugurt va metallarga ta'sirini ko‘rsatish.

LABORATORIYa TAJRIBALARI.

Oltingugurt va uning tabiiy birikmalari bilan tanishish, sulfatlar va sulfidlarni aniqlash.

AMALIY IShLAR.

Kislorod gruppachasi mavzusiga doir tajribaviy masalalar yechish.

7. KIMYOVIY REAKSIYALAR (10 soat)

Kimyoviy o‘zgarishlar energiyasi. Aktiv to‘qnashishlar nazariyasi. Energetik to‘siq. Aktivlanish energiyasi. Kimyoviy reaksiyalarni issiqlik effekti. Kimyoviy birikmalarni hosil bo‘lish issiqligi.

Entalpiya va entropiya haqida tushuncha. Gibs energiyasi. Kimyoviy reaksiyani borish qonuniyatlari. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi.

Kimyoviy muvozanat. Kimyoviy muvozanat konstantasi, kimyoviy muvozanatni siljishi. Le-Shatele prinsipi.

Kataliz. Gomogen va geterogen kataliz haqida umumiy tushuncha. Oraliq birikmalar nazariyasi.

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Oksidlovchi-qaytaruvchi.

HISOBLASHGA DOIR MASALALAR.

1. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi, kimyoviy muvozanatga doir masalalar yechish.

KO‘RSATILGAN TAJRIBALAR.

1. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi:

A ) Ta'sirlashuvchi moddalar tabiati

B ) Ta'sirlashuvchi moddalarni ta'sir etuvchi maydon yuzasi

V ) Ta'sirlashuvchi moddalar konsentratsiyasi

G ) Temperaturaga bog‘liq ekanligini ko‘rsatuvchi tajribalar qilib ko‘rish.

  1. Katalizatorni kimyoviy reaksiyani borishga ta'sirini ko‘rsatuvchi tajribalar. Vodorod peroksidini marganets (IV)-oksidi ishtirokida parchalanishi, alyuminiy bilan yod aralashmasiga suvni ta'siri.


LABORATORIYa TAJRIBALARI.

1. Kimyoviy reaksiyalar tezligiga sharoit ta'sirini o‘rganish.

AMALIY MAShG‘ULOTLAR.

  1. Natriy tiosulfat bilan sulfat kislotani o‘zaro ta'sirlashuvi misolida gomogen sistemalardagi kimyoviy reaksiyalar tezligiga sharoitni ta'sirini o‘rganish.

  2. Temir (III)–xlorid bilan kaliy radonidning o‘zaro ta'siri misolida reaksiyalarni qaytarligini o‘rganish.

  3. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalariga doir tajribalar.

8. SULFAT KISLOTA IShLAB ChIQARISh
( 5 soat)

Kontakt usulida sulfat kislota ishlab chiqarishga asos bo‘ladigan reaksiyalar, ularni borish qonuniyatlari va ularni boshqarish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, ishchi kadrlar, atrof muhitni muhofaza qilish.


KO‘RSATILADIGAN TAJRIBALAR.

Oltingugurt (IV)- oksidini olinishi va uning oksidlanishi.

Sulfat kislota ishlab chiqarish qurilmasining modeli.

9. AZOT GRUPPACHASI. MINERAL O‘G‘ITLAR (16 soat)

D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasida azot gruppachasi elamentlarning joylashgan o‘rni va ular atomlarining tuzilishi.

Azot. Tabiatda uchrashi, olinishi, fizik xossalari. Kimyoviy xossalari.

Azotning vodorodli birikmalari. Ammiak, uning fizik xossalari, olinishi, kimyoviy xossalari. Ammoniy ion hosil bo‘lishidagi donor-akseptor mexanizmi. Ammoniy tuzlarning xossalari. Sifat reaksiyasi.

Ammiakni xalq xo‘jaligida ishlatilishi. Sanoatda ammiak ishlab chiqarish: optimal sharoit tanlash. Sintez kolonnasi. Ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish, atrof muhitni muhofaza qilish, ishchi kasblar. Azotni boshqa vodorodli birikmalari. Azotni kislorodli birikmalari.

Azot oksidlari. Azot (II) va (IV) oksidlari, ularning eng muhim hossalari.

Nitrat kislota. Molekulasini tuzilishi, fizik va kimyoviy xossalari. Suyultirilgan va konsentrlangan nitrat kislotalarning metallarga va metalmaslar bilan o‘zaro ta'sirlashuvi. «Zar suvi». Nitrat ioniga sifat reaksiyalari.


Azotning tabiatda aylanishi. Nitratlarning xalq xo‘jaligida ishlatilishi. Nitrat kislotani olinishi va ishlab chiqarish asosidagi kimyoviy reaksiyalar.

Fosfor tabiatda uchrashi, olinishi, fizik hossalari, allatropiyasi. Kimyoviy xossalari.

Fosforning vodorodli, galogenli birikmalari. Fosfor (V)–oksid. Metafosfat, ortofosfat, pirofosfat kislotalar. Ortofosfat kislotaning xossalari. Fosfatlar, gidrofosfatlar va digidrofosfatlar. Fosfor birikmalarini halq ho‘jaligida ishlatilishi.

O‘g‘itlar. O‘g‘itlar klassifikatsiyasi. Azotli. Fosforli. Kaliyli o‘g‘itlar. Murakkab o‘g‘itlar: ammofos. O‘g‘itlarni tabiiy manbalari, o‘g‘itlarni ishlab chiqarishdagi eng muhim kimyoviy jarayonlar. Xom ashyo.

O‘g‘itlardan ratsional foydalanish va saqlash. Tabiatni muhofaza qilish.

O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishning rivojlanishi.

O‘rganilgan mavzularga oid masala, mashq va test savollari.

HISOBLAShGA DOIR MASALALAR.

Mahsulotning unumiga doir masalalar yechish. Mineral o‘g‘itlar tarkibidagi oziqa elementini hisoblash.

KO‘RSATILADIGAN TAJRIBALAR.


  1. Ammiak olish

  2. Ammiakni suvda erishi.

  3. Ammiakni kislorodda yonishi.

  4. Ammoniy xlorid olish.

  5. Nitratlardan nitrat kislota olish. Nitrat kislotani xossalari bilan tanishish.

  6. Azot (II)-oksidni azot (IV)-oksidiga aylanishi.

  7. Ammiak olish qurilmasining modeli.

  8. Mineral o‘g‘it olish.

LABORATORIYa IShLARI

  1. Ammoniy tuzlarini ishqorlarga ta'siri.

  2. Azotli va fosforli o‘g‘itlar kolleksiyasi bilan tanishish.

  3. Ammoniy fosfat va ammoniy xloridni parchalanishi.

  4. Fosfat kislota va fosfatlar bilan tanishish.

AMALIY MAShG‘ULOTLAR.
  1. Ammiakni olinishi va uning xossalarini o‘rganish.


  2. Mineral o‘g‘itlarni aniqlash.

  3. Azot gruppachasiga doir tajribaviy masalalar yechish.


10. ANORGANIK KIMYODAN OLINGAN BILIMLARNI

UMUMIYLASHTIRISH. (4 soat)

D.I.Mendeleev davriy qonuni va davriy sistemasi.

Moddaning tuzilishi. Xossasi va tarkibiga hamda tuzilishiga bog‘liq.

Kimyoviy reaksiyani borish shartlari. Ishlab chiqarishning umumiy prinsipi.

Xalq xo‘jaligini kimyolashtirishning asosiy yo‘nalishlari. Ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligi. O‘zbekistonda kimyo fani va kimyo sanoatini rivojlanishi.


8-sinf

Kimyodan masalalar yechish

(Haftasiga 1 soatdan, jami 34 soat)



M A V Z U L A R

Soati

1

Anorganik moddalarning asosiy cinflari. Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlar orasida genetik bog‘lanishga doir nazariy masalalar




2

Kimyoviy formulalar va reaksiya tenglamalariga oid aralash tipdagi xisoblashga doir masalalar




3

Eritmalar konsentratsiyalarini ifodalanishi. Ma'lum konsentratsiyali eritmalar tayyorlash. Eruvchanlik massa ulush foiz konsentratsiya. Foiz konsentratsiya molyar konsentratsiya (normal)




4

Eritmalarga doir murakkab masalalar yechish


5


Nazorat ishi




6

Davriy qonun va davriy jadval mavzulariga oid nazariy masalalar yechish




7

Atomlarning tuzilishi mavzulariga oid nazariy masalalar yechish




8

Radioaktivlik, yadro reaksiyalariga doir masalalar yechish




9

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari mavzulariga oid nazariy va hisoblashga oid masalalar yechish




10

Ion almashinish reaksiyalari va tuzlarning gidroliziga doir nazariy masalalar




12.

Nazorat ishi




13.

Galogenlar mavzulariga oid nazariy masalalar




14.

Gaz qonunlari. Temperatura, bosim va gazning hajmi o‘rtasidagi munosabat. Mendeleev-Klayperon tenglamasiga oid masalalar




15.

Gazning zichligi, nisbiy zichligi, istalgan sharoitdagi va normal sharoitdagi hajmlari bilan bog‘liq malalalar




16.

Aralash tipdagi masalalar





17.

Murakkab masalalar yechish




18.

Test savollari yechish




19.

Nazorat ishi




20.

Kislorod gruppachasi mavzulariga oid nazariy masalalar yechish




21.

Kislorod gruppachasi mavzulariga doir tematik test savollari yechish




22.

Reaksiyaga kirishayotgan moddalardan biri ortiqcha miqdorda olinganda, reaksiya tenglamasi asosida hisoblash




23.

Mahsulotning unumiga doir masalalar, sulfat kislota, ishlab chiqarishga doir masalalar




24.

Tarkibida maolum miqdorda aralashmalar bo‘lgan boshlanich moddalarni miqdoridan foydalanib hisoblanadigan masalalar




25.

Aralash tipdagi va murakkab masalalar yechish




26.

Nazorat ishi


27.


”Azot” gruppachasi elementlari mavzulariga doir nazariy masalalar yechish




28.

”Azot” gruppachasi elementlariga oid tematik test savollari yechish




29.

Kimyoviy reaksiyalarning tezligi va kimyoviy muvozanat mavzulariga oid nazariy masalalar




30.

Kimyoviy reaksiya tezligiga temperaturani, bosimni, konsentratsiyani, reaksiyada ishtirok etayotgan moddalarning sathlariga ta'siriga doir masalalar




31.

Kimyoviy reaksiya muvozanatini siljitishga ta'sir etuvchi omillar. Le-Shatele prinsipiga oid masalalar




32.

O‘rganilgan mavzularga oid murakkab masalalar yechish




33.

Elektroliz. Faradey qonunlariga oid masalalar




34.

Nazorat ishi






9-sinf

(Haftasiga 3 soatdan, jami 102 soat)

I. ANORGANIK KIMYO (4 soat)

Kimyoviy elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni. Kimyoviy bog‘lanish turlari. Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi. Kimyoviy reaksiya va kimyoviy muvozanat. Kimyoviy reaksiyalar klassifikatsiyasi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Kaliy permanganatning turli muhitda oksidlovchilik xossasi.


II. UGLEROD GRUPPACHASI. (15 soat).

D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasida uglerod gruppachasi elementlarining joylashgan o‘rni va ular atomlarining tuzilishi.

Uglerod. Uglerod allotropiyasi. Adsorbsiya. Uglerodni tabiatda uchrashi. Uglerodning kimyoviy va fizikaviy xossalari.

Uglerod (II)-oksid, olinishi. Fizik va kimyoviy xossalari.

Yonilg‘ining asosiy turlari. Yonilg‘ilarning vatanimiz energetikasidagi ahamiyati. Qattiq, suyuq va gaz holidagi yonilg‘ilarning yonishidan samarali foydalanish usullari. Atmosfera havosini ifloslanishidan muhofaza qilish. O‘zbekiston konstitutsiyasida tabiatni muhofaza qilish haqida.

Uglerod (IV) - oksid. Olinishi. Fizik xossalari. Kimyoviy xossalari.

Karbonat kislota. Karbonatlar. Gidrokarbonatlar. Karbonatlar gidrokarbonatlarga va gidrokarbonatlarni karbonatlarga aylanishi. Karbonat ioniga sifat reaksiyasi. Kremniy. Tabiatda uchrashi. Fizik, ximiyaviy xossalari. Kremniyning vodorodli birikmalari. Kremniy (IV) - oksid. Silikat kislota. Kremniyning tabiatdagi birikmalari.

Silikat sanoati. Keramika. Shisha. Sement. Sanoatda olinishi. Beton va temirbeton.

Metalmaslarning vodorodli birikmalari.

HISOBLASHGA DOIR MASALALAR.

Tarkibida ma'lum miqdorda aralashmalar bo‘lganda hisoblashga doir masalalar.

KO‘RSATILADIGAN TAJRIBALAR.

1. Yog‘ochni termik parchalash yo‘li bilan ko‘mir olish.

2. Erigan moddani va gazni ko‘mirga yutilishi.

3. Mis(II) oksiddan ko‘mir yordamida mis olish.

4. Uglerod (IV)-oksidni suv va ishqor eritmalari bilan o‘zaro ta'siri.

5. Silikat kislota olish.

6. Shisha turlari bilan tanishish.

7. O‘t o‘chirish asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish. (Modellaridan)

8. Sementning suv bilan aralashmasining qotishi.


LABORATORIYA TAJRIBALARI.

1.Yoqilg‘ini turli xillari bilan tanishish.

2.Karbonatlarning hossalari bilan tanishish.

3.Tabiiy silikatlar namunalari bilan tanishish.

4.«Shisha va shishadan tayyorlangan buyumlar» kolleksiyasi bilan tanishish.

AMALIY MAShG‘ULOTLAR.

Uglerod (IV) oksidning olinishi va uning hossalarini o‘rganish. Karbonatlar bilan tanishish. (1 soat)

III. METALLARNING UMUMIY XOSSALARI (8 soat)

D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasida metallarning joylashgan o‘rni va ular atomlarining tuzilishidagi ayrim xususiyatlar. Metall bog‘lanish. Metallarning fizik va kimyoviy xossalari.

Qotishmalar haqida tushuncha.Qotishmalarni ishlatilishi.

Metallarni elektrokimiyoviy kuchlanish qatori.

Elektroliz. Eritmalar va suyuqlanmalar elektrolizi. Elektrolizning amaliy ahamiyati. Elektroliz yo‘li bilan metallar, vodorod, galogenlar, ishqorlar olish.

Metallarning kimyoviy va elektrokimyoviy karroziyasi. Metallarni korroziyadan saqlash.

Mavzularga doir masala, mashq va test savollari.



<< предыдущая страница   следующая страница >>